Vargas (Varqas) Jetuliu Dornelis

Vargas (Varqas) Jetuliu Dornelis (1883.19.4, San-Borja -1954.24.8, Rio-de-Janeyro) — Braziliya Prezidenti (1930-45 va 1951-54). 1937 yil fashistlar Italiyasidagi kabi «yangi davlat» tuzumi o’rnatgan. 1945 yil Braziliya trabalistlar (ishchilar) partiyasiga asos solgan. Sanoatda davlat sektorining taraqqiy etishiga imkon bergan.