Varshava universiteti

Varshava universiteti -Polshadagi yirik o’quv va ilmiy markaz. 1816 yil Varshava shahrida rus podshosi Aleksandr I farmoniga muvofiq Aleksandrov universiteti sifatida tashkil etilgan (1818 yil universitet maqomini olgan). 1917 yildan Polsha universiteti. 2-jahon urushi (1939-45) davrida universitet yopilgan. Mamlakat ozod etilgach, o’z faoliyatini tiklagan. Universitet tarix, Filologiya, psixologiya, pedagogika, kimyo, geologiya, biologiya, fizika, matematika, yuridik va boshqa fanlar bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. 25 ming talaba ta’lim oladi, 1500 ga yaqin o’qituvchi ishlaydi. Universitet kutubxonasi (1817 yil tashkil etilgan)da 2 millionga yaqin asar saqlanadi.