VAZIRLAR MAHKAMASI

VAZIRLAR MAHKAMASI — Isroil, Latviya, Yaponiya, Shri-Lanka, Qozog’iston, Turkmanistonda va qator boshqa mamlakatlarda hukumatning rasmiy nomi. O’zbekiston Respublikasida hukumat ―Vazirlar Mahkamasi deb nomlangan bo’lib, ―O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risidagi qonuniga binoan, u O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma‘naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta‘minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir. Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari tizimiga va o’zi tashkil etadigan xo’jalik boshqaruvi tuzilmalariga boshchilik qiladi, ularning hamjihatlik bilan ishlashini ta‘minlaydi.