Vazn toifalari

Vazn toifalari – o’zbek milliy kurashi, yunon-rum kurashi, erkin kurash, boks va og’ir atletikada sportchilarning vazniga qarab guruhlarga bo’linishi. Sportda musobaqa qatnashchilariga teng imkoniyat yaratib berish uchun ular toifalarga ajratiladi. Masalan, boksda — kichik yoshdagi (15-16 yoshli) o’smirlar — 15 ta, o’spirinlar (17-18 yoshli) — 12 ta, kattalar — 10 ta; kurashda — 8 ta, og’ir atletikada — 9 ta vazn toifasiga bo’linadilar. Kurash va boksda o’smir va o’spirinlarni mashg’ulot va musobaqalarga qo’yish chog’ida ularning vazni bilan birga yoshi ham hisobga olinadi