Vegetatsion usul

Vegetatsion usul – o’simliklar agrokimyosi va fiziologiyasiga oid ilmiy tadqiqot ishlarida qo’llaniladigan laboratoriya usullaridan biri; vegetasion idishlarga o’tqazilgan o’simliklarni vegetatsion uy, issiqxona, oranjeriya, fitotron va boshqalarda o’stirish. Vegetatsion usul yordamida oziq moddalarning fiziologik roli, ularning o’simliklarga kirib borishi, muhit reaktsiyasining (rn) ahamiyati, sug’orish normasi, o’simlikning oziq eritmasi kontsentrasiyasi, tempearatura, kimyoviy himoya vositalari, gerbitsidlarga munosabati o’rganiladi, shuningdek tuproqqa solinadigan turli xil o’g’itlar sinab ko’riladi. O’simlik qanday muhitda (suv, qum, tuproq) o’stirilishiga qarab Vegetatsion usulning bir necha asosiy ko’rinishlari mavjud: yuksak o’simliklar bilan tajribalarni suv, qum va tuproqli muhitda o’tkazish mumkin. Ko’pchilik tadqiqotlarda o’simlik tabiiy sharoitga yaqin bo’lgan substratda o’stirilishi maqsadga muvofiq. Substrat biologik jihatdan inert bo’lishi lozim, shunda olinadigan natija aniq bo’ladi.