Vena davlat operasi

Vena davlat operasi (Wiener Staatsoper) — Yevropadagi yetakchi opera teatrlaridan. Avstriya musiqa madaniyatining yirik markazi. 1918 yildan hozirgi nomda. 17-asrning o’rtasida saroy operasi sifatida tashkil toptan. 18-asrning ikkinchi yarmida Vena davlat operasi zaminida milliy opera uslubi shakllangan. 19-asrda mazkur teatrda nemis, Avstriya, italyan va Fransuz komlozitorlari (L. Betxoven, K. Veber, J. Rossini, J. Verdi, R. Vagner, Sh. Guno va boshqalar) asarlari sahnalashtirilgan, 20-asrda mumtoz operalar bilan birga zamonaviy kompozitorlar asarlari qo’yildi (K. Orf, P. Xindemit, F. Pulenk, I. Stravinskiy va boshqalr). Vena davlat operasida Avstriya va Yevropa mamlakatlari yetakchi xonandalari, dunyoga mashhur dirijyorlar (B. Valter, O. Klemperer, V. Furtvengler, L. Bernstayn, G. Karayan va boshqalar) faoliyat ko’rsatgan. Hozirgi binosi 1869 yilda qurilgan.