VENESUELLAR

VENESUELLAR — xalq, Venesuelaning asosiy aholisi (17,3 million kishi). Umumiy soni 17,4 milliondan ziyod kishi (1990-yillar o’rtalari). 80% ga yaqini — metislar, mulatlar, sambolar, 5% ga yaqini — negrlar. Ispan tilida so’zlashadi. Dindorlari— asosan katoliklar.