Venger muskati

Venger muskati, Vaniliya, Muskat de Jezyu, muskat krokan, muskat Primavi — kelib chiqishi noma’lum bo’lgan xo’raki va vinobop uzum navi. Yevrosiyoning uzumchllik hududlarida tarqalgan. Rossiyaning Janubiy, O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’izistonda rayonlashtirilgan. Tupi o’rtacha o’sadi. Guli ikki jinsli. Bargi o’rtacha (diametri 15-16 santimetr), to’garak, kam kertikli. Besh bo’lakchali, to’q yashil. silliq, tuksiz, cheti arratishli, bargi shapalog’i asosining (barg bandita yaqin qismi) kengligi bilan boshqa muskat navlaridan ajralib turadi. Uzum boshi o’rtacha (bo’yi 15-17 santimetr, eni 9-11 santimetr), tsilindr-konnussimon, o’rtacha tig’iz, og’irligi 180— 200 gramm. G’ujumi o’rtacha (17-18 millimetr), dumaloq, oq-yashil, sershira, eti karsillaydi, xushbo’y muskat hidi kelib turadi. Hosili kurtak yozishdan boshlab faol harorat yig’indisi 2700-2900° da 140-150 kunda (avgustning ikkinchi yarmida) pishadi. Tarkibida 25-26% qand bor. Hosildorligi 80-130 ts/ga. Bu nav yengil, unumdor tuproqlarda yaxshi o’sib, mo’l hosil beradi. Sovuqqa, kasallik va zararkunandalarga chidamsiz. Asosan, Samarqand, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida tarqalgan.