Vigvam

Vigvam (algonkincha)-Shimoliy Amerika indeyslari-algonkinlar turarjoyi. Konussimon chayla tipidan farqli ravishda, gumbazsimon shaklda bo’lgan. Yo’g’on poyalar doira yoki oval shaklda yerga qoqib chiqilib, ularning uchi markazga egib birlashtirilgan. Ingichka poyadan sinch devor qilingan; usti shoxlar, po’stloq, bo’yra bilan yopilgan.