Vodiliy (1893-1965) kim bo’lganini bilasizmi?
Vodiliy (taxallusi; asl ismi So‘fiyev Abdurahmon) (1893, Farg‘ona, Vodil qishlog‘i — 1965, Toshkent) — o‘zbek shoiri. Erkin fikrlilikda ayblanib quvg‘in va ta’qiblarda yashagan.
Vodiliyning «Devon»i (1963), farzandlariga yozgan o‘gitlari bor. Abdurahmon Jomiyning tasavvufga oid kitobi, Fariduddin Attorning «Mantiq ut-tayr», Alisher Navoiyning «Lison ut-tayr» dostonlarining qiyosiy, nasriy bayonlari hamda Muhammad Hodiyning «Alvohi intiboh» asarlarining o‘zbekcha tabdili Vodiliy qalamiga mansub.
She’rlarida ozodlik yo‘lida kurashgan erksevar vatandoshlarining fikri, niyatlari aks ettirilgan.
O‘xshash so‘zlar
- Vodil
- Vodiliy
- Vodilboy
- Vodil qabristoni
- Vodil qishlog’i haqida eshitganmisiz?
- Vohid Abdullayev (1912-1985) kim bo’lganini bilasizmi?
- Vohid Zohidov (1914-1983) kim bo’lganini bilasizmi?
- Vosil Qobulov (1921-2010) kim bo’lganini bilasizmi?


