Volost sudi

Volost sudi-Rossiyada umumiy sudlardan alohida turgan (ajratilgan) quyi tabaqa dehqon sudi (1861-1917). Hay’ati rais va sud maslahatchilaridan iborat bo’lib, mahalliy urf-odatlarga tayangan holda dehqonlar turmushida ko’p uchraydigan fuqarolik va jinoyat ishlarini ko’rgan, 1861 yilgi yer islohotidan keyin qishloqlarda volost miqyosida dehqonlar o’rtasidagi oldi-berdilarni, mulk taqsimlash va merosga oid ishlarni muhokama qilgan. Volost sudi (hay’ati a’zolari) dehqonlarning umumqishloq yig’inida saylangan, raisi yuqori ma’muriyat tasdig’idan o’tkazilgan. Turkistonda volost qozi va biylari faqat hududiy jihatdan shahar qozi va biylardan farqlangan. 1917 yili Oktabr to’ntarishidan so’ng Volost sudi tugatilgan.