Volostel

Volostel (ruscha)-rus knyazliklarida (XI asrdan) va Rus davlatida (XVI asr o’rtalarigacha) volostni boshqaruvchi va ma’muriy, moliyaviy hamda sudlov funksiyalarini bajargan mansabdor. Hukumatdan maosh olmagan, uning daromadi soliq to’lovchi aholi hisobidan bo’lgan.