Voltijyorlar

Voltijyorlar (fransuzcha voltigeurs)-Fransiyada 1804-1871 yillarda piyoda qo’shin turi, merganlik va razvedka bo’yicha maxsus tayyorgarlikdan o’tgan. Dastlab Voltijyorlar rotalari 90 kishidan, keyinchalik 120 kishidan iborat etib tuzilgan. Fransuz armiyasidan tashqari Voltijyorlar rotalari Fransiyaga qaram davlatlar: Varshava gertsogligi, Neopolitaniya qirolligi, Baden buyuk gertsogligi, Saksoniya qirolligi, Reyn ittifoqining bir qator mayda davlatlari armiyalarida ham tuzilgan. Voltijyorlarning bo’yi 1,597 metr (zobitlarning 1,624 metr)dan oshmasligi talab etilgan. Bu bo’yi past bo’lgani bois grenadyorlar qismiga kirolmagan yigitlarni ham armiya safiga jalb qilish imkonini bergan, natijada 40 ming yangi askar bilan to’ldirilgan.