Xadicha Sulaymonova (1913-1965) kim bo’lganini bilasizmi?
Xadicha Sulaymonova (1913.3.6, Andijon shahri — 1965.26.11, Toshkent) — huquqshunos olim. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1954), yuridik fanlari doktori (1951), professor (1952), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1956).
O‘zbekiston SSR MIK huzuridagi Sovet qurilishi va huquqi institutini tugatgan (1935). Moskva yuridik instituti aspiranti (1939-41), Toshkent yuridik instituti jinoyat huquqi kafedrasi assistenti, dotsenti, so‘ng mudiri (1941—54), institut rektori (1954—55). O‘rta Osiyo universitetining yuridik fakulteti dekani (1955—56). O‘zSSR Adliya vaziri (1956—59), O‘zSSR Ministrlar Soveta chuzuridagi Adliya komissiyasi raisi (1959—64). 1964 yil dan O‘zSSR Oliy sudi raisi bo‘lib ishlagan.
Ilmiy ishlari jinoyat huquqi, xususan, O‘zbekistonda huquqshunoslik fanining vujudga kelishi va rivojlanishi, xotin-qizlar huquqi masalalariga bag‘ishlangan. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq institutini (1958), respublika Adliya vazirligi huzuridagi Sud ekspertizasi ilmiy tadqiqot institutini (1959) tashkil etish tashabbuskorlaridan.
Toshkent shahri dagi ko‘chalardan biriga, sud ekspertizasi ilmiy tekshirish instituta (hozirgi Respublika sud ekspertiza markazi)ga Xadicha Sulaymonova nomi berilgan, Toshkent yuridik institutida Xadicha Sulaymonova muzeyi bor.
O‘xshash so‘zlar
- XADICHA BEGIM
- XADICHA BINT XUVAYLID
- Xayriddin Saloh (1934-1969) kim bo’lganini bilasizmi?
- Xayriddin Sultonov (1956) kim bo’lganini bilasizmi?
- Xislat (1880-1945) kim bo’lganini bilasizmi?
- Xosiyat Bobomurodova (1950) kim bo’lganini bilasizmi?
- Xudoyberdi To‘xtaboyev (1932-2021) kim bo’lganini bilasizmi?
- Xudoybergan Devonov (1878-1940) kim bo’lganini bilasizmi?


