Xalfa xudoydod majmuasi
Xalfa xudoydod majmuasi – Buxoro viloyatidagi me’moriy yodgorlik (1777-1855). Majmua madrasa, masjid, hovli, Sardoba va qabristondan iborat. Hovli uch tomondan bir qavatli hujralar bilan o’ralgan. Hovlining Janubi g’arbida joylashgan masjid murabba tarxli, gumbaz bilan yopilgan, uch tomoniga yogoch ustunli ayvon ishlangan, tarzi ganch o’ymakorligida, ustunlari o’ymakori naqshlar bilan jozibador bezatilgan. Sardobaga zinapoya orqali kiriladi. Madrasaning old tomonida koshin qoldiqlari saqlangan. Hovlining Shimoliy markazi orqali xalfa Xudoydod qabri bo’lgan qabristonga o’tiladi, qabr yaqinida 2 ustunli, shifti bo’yama naqshlar bilan pardozlangan ayvon bor. Xalfa xudoydod majmuasi turli diniy va memorial inshootlarni o’z ichiga olgan majmua namunasidir, tarhi hamda shakli jihatidan 18— 19-asrlar me’morligi uchun xos. Tarixchi Nosiruddin alhanafiyning «Tuhfat uz-zoirin» («ziyoratchilarga tuhfa») asarida yozilishicha, Xalfa xudoydod majmuasi Shayx, yassaviylik tariqatining namoyandasi Shayx Xudoydod ibn Toshmuhammad Azizon alBuxoriy tomonidan qurilgan.