XALIFA

Ma’nosi

XALIFA (ar. O’rinbosar, noib) — musulmon jamoasi va musulmon davlatining diniy hamda dunyoviy boshlig’i. Xalifa Muhammad payg’ambar (sav) ning o’rinbosari, ummaviylar davridan boshlab esa Allohning yerdagi noibi hisoblangan. Muhammad (sav)dan keyingi to’rt Xalifa (Abu Bakr Siddiq, Umar, Usmon, Ali)ni xulafoi roshidin, ya‘ni to’g’ri yo’ldan boruvchi Xalifalar deb atashgan.

O‘xshash so‘zlar

X harfiga oid fuqarolik jamiyatiga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar