XALISKO
XALISKO — Meksikadagi shtat, Meksika tog’ligining Jan.g’arbiy qismida. Maydoni 80,1 ming kilometr kvadrat. Aholisi 6,3 million kishi (2000). Ma’muriy va muhim sanoat markazi — Gvadalaxara shahri. Iqtisodiyotining yetakchi tarmog’i — qishloq xo’jaligi. Makkajo’xori va dukkakli ekinlar, sugoriladigan yerlarda yer yong’oq ekiladi. Mashinasozlik, kimyo, oziq-ovqat, to’qimachilik, yog’ochni qayta ishlash sanoati korxonalari mavjud. Chapala ko’lidan baliq ovlanadi.