XALTALI OLMAXONLAR

XALTALI OLMAXONLAR (Petaurus) — kuskuslar oilasiga mansub xaltali sut emizuvchilar. Tanasining uzunligi 12— 32 santimetr, dumi 15-48 santimetr. Oldingi va keyingi oyoqlari orasi teri parda bilan tutashgan. 4 turi bor. Avstraliya, Tasmaniya, yangi Gvineya orolida tarqalgan. Daraxtda yashaydi. Oyoqlari orasidagi teri pardasini yozib, shoxdan shoxga yoki bir daraxtdan ikkinchisiga 70 metrgacha parvoz qiladi.