Xaltsedon

Xaltsedon (marmar dengizi sohilidagi qadimgi Xalkedon shahro nomidan) — mineral, kvarsning yopiq kristalli turi. Tarkibida aralashma holda G’e3+, A13+, 1-1,5% suv va boshqalar bo’ladi. Tolalari parallel va radial shu’lasimon shakllar hosil qiladi. Kurtak, po’stloq va shodasimon hamda stalaktitga o’xshash agregat, tomir va konkresiyalar hosil qiladi. Oq, kulrang, havo rang, sariq, ko’k, qizg’ishqo’ng’ir rangli turi ko’p. Mumdek yaltiroq. Qattiqligi 6,5—7, zichligi 2,6 g/sm3. Mumli Xaltsedonning turlari: rangi bo’yicha — serdolik, xrizopraz, sarder, moxovik, sapfirin va boshqalar; teksturasi bo’yicha — agat (aqiq), Oniks va boshqalar mavjud. Kimyoviy va biogen cho’kindi jinslar tarkibiga kiradi. Xaltsedon — keng tarqalgan jins hosil qiluvchi mineral. Past trali gidrotermal eritmalardan hamda diagenez, epigenez va nurash jarayonlarida hosil bo’ladi; issiq buloqlarda to’planadi. Xaltsedon ko’pgina kremniyli jinslar, shunintdek, yashmaning asosiy komponenti. Ko’pincha kvars va opal bilan birga uchraydi. Abraziv material sifatida, soat toshlari, zargarlik buyumlari tayyorlatshda qadimdan ishlatiladi. Baykal orti sharkida (Tudsun), Ural (Magnitogorsk), Kavkaz Janubda (Axaltaka), Qrim (Qoradog’) da Xaltsedon konlari mavjud. O’zbekistonda Qurama tog’larida, Janub hududlarda va Toshkazg’anda topilgan.