XALQARO SHARTNOMA

XALQARO SHARTNOMA — davlatlar yoki xalqaro huquqning boshqa sub‘yektlari o’rtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy yoki boshqa sohalarga oid o’zaro huquq va majburiyatlarni belgilab beradigan kelishuv; xalqaro huquqning asosiy manbai. Xalqaro shartnomalar ikki tomonlama va ko’p tomonlama shartnomalarga bo’linadi. Ko’p tomonlama shartnoma ochiq bo’lishi (unga boshqa davlatlar qo’shilishi) va yopiq bo’lishi (unga boshqa davlatlar Xalqaro shartnomalar ishtirokchilarining roziligi bilangina qo’shilishi) mumkin. Xalqaro shartnomalarning nomlari turlicha: shartnoma, bitim, konvensiya, pakt, deklaratsiya, memorandum statut, protokol, ustav, bayonot va boshqalar. Xalqaro shartnomalar muddati tugagandan keyin, unda belgilangan majburiyatlar bajarilgach, taraflarning o’zaro kelishuvi bo’yicha va denonsatsiya yo’li bilan amal qilishdan to’xtaydi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, Xalqaro shartnomalarlarda teng, mustaqil mamlakat sifatida qatnashadigan bo’ldi va ko’pdan ko’p Xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qildi. Mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa sohalardagi barcha xalqaro huquqiy munosabatlari O’zbekiston Respublikasining ―Xalqaro shartnomalar to’g’risidagi qonuni bilan tartibga solinadi.