XAOS

XAOS (yun. chaos – tartibsizlik, mavhumlik) — yunon mifologiyasida azaliy cheksiz fazo. Olamning yaratilishigacha mavjud bo’lgan. Xaos – koinot manbai, u Geya (yer), Erot (sevgi), Ereb (qorong‗ulik) va Nyukta (tun)ni yaratgan, ulardan esa go’yo yerda yashovchi barcha narsa paydo bo’lar emish. Ko’chma ma‘noda – boshdanoyoq tartibsizlik, chigallik.