Xaritagrafiya

Xaritagrafiya (Yunoncha kharto — xarita va grafin) — xaritagrafik asarlarni o’rganish, yaratish va foydalanish bilan shug’ullanuvchi fan, texnika va ishlab chiqarish sohasi. Hozirgi kunda Xaritagrafiya 3 yo’nalishda: xaritalar vositasida tabiat va jamiyat hodisalarini hududiy joylashuvi, uyg’unligi va o’zaro aloqalarini aks ettirish va tadqiq etish haqidagi fan; Xaritagrafiya asarlarini yaratuvchi va foydalanuvchi texnika va texnologiyalar sohasi; Xaritagrafiya mahsulotlarini (xaritalar, globuslar, atlaslar va boshqalar) tayyorlash va bosib chiqarish bilan bog’liq ishlab chiqarish sohasi sifatida rivojlanmoqda. Xaritagrafiya xaritashunoslik, matematik Xaritagrafiya, xaritalarni loyihalash va tuzish, xaritagrafik semiotika, xaritagrafik dizayn, xaritalarni nashr kilish, xaritalardan foydalanish, Xaritagrafiya manbashunosligi, Xaritagrafiya informatikasi va boshqalarni o’z ichiga oladi. Xaritagrafiya geodeziya, topografiya va geografiya fanlari bilan uzviy bog’liq. Xaritagrafiya tadqiqotlari natijalaridan iqtisodiyotning turli sohalarida keng foydalaniladi. Xaritagrafiyaning fan sifatida rivojlanishida yunon olimlari (Anaksimandr, Eratosfen, Apolloniy, Gipparx va boshqalar)ning ishlari muhim ahamiyatga ega. Ular birinchi bo’lib, tasvirlash asosida matematik printsiplarni qo’llab, meridian va parallellar to’ridan foydalanganlar. Eratosfen bergan ma’lumotga ko’ra, yerning ilk xaritagrafik tasvirini Anaksimandr (miloddan avvalgi 610— 546 yillar) yaratgan. Eratosfen birinchi bo’lib xaritaga gradus to’rlarini tushirdi, yer meridian aylanasi uzunligini hisobladi. Ptolemey Xaritagrafiya proektsiyalarini yaratish usullari bayonini o’z ichiga olgan 8 kitobdan iborat «geografiyadan qo’llanma» (qisqacha «Geografiya») asarini yozdi. U o’sha davrda ma’lum bo’lgan ma’lumotlarga asoslanib 90 dan ortiq xarita tuzdi va bizgacha yetib kelgan geografik xaritalarning eng birinchi sistemali to’plamini yaratdi. 9-11-asrlarda yashab, ijod qilgan Xorazmiy, Beruniy, Koshg’ariy, Hofizi Abru kabi buyuk allomalar jahon geografiyasi va Xaritagrafiyasining rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shganlar. Xorazmiy Sharqda birinchi bo’lib, Ptolemeyning «geografiya» asarini tanqidiy o’rganib, yangi ma’lumotlar bilan boyitdi va Sharq geograflari to’plagan ma’lumotlarga tayangan holda yangi «Jahon xaritalari»ni yaratdi. Ushbu xaritalar izohini u «Surat al arz» asarida bayon etgan. Beruniy Sharqda birinchi bo’lib globus yaratgan (1616) va mustaqil tarzda meridian aylanasi uzunligini hisoblab chiqqan. «Kitob atTafhim» kitobida ilova tarzida dunyo xaritasini bergan. 13-asr oxiri va 14-asr boshlarida savdosotiq va kemachilikning rivojlanishi, mustamlakalarni kengaytirish maqsadida dengiz va okeanlarda xavf-xatarsiz suzish ehtiyoji maxsus navigatsiya xaritalari (portolona)ni yaratishga turtki bo’ldi. Teriga chiziqli masshtab asosida tushirilgan bunday xaritalarda qirg’oq chiziqlari, portlar va ular orasidagi masofalar aniq ko’rsatilgan. Geografik xarita va Xaritagrafiya taraqqiyotida 15-asr alohida bosqich hisoblanadi. Bu davrda kitob nashr etish kashf qilinishi natijasida xaritalarni ko’p nusxada bosish imkoni tug’ildi. Buyuk geografik kashfiyotlar davrida xaritaga bo’lgan ehtiyoj va munosabatlar ham o’zgardi. Xaritalar yangi ma’lumotlar bilan boyidi, qit’a, orol, dengizlar chegaralari aniq belgilandi. 15-asrdan xaritalar ayrim shaxslar tomonidan emas, balki maxsus ixtisoslashgan korxonalar tomonidan tayyorlana boshladi. Natijada xaritalarni yaratish muddati qisqardi, sifati yaxshilandi va aniqligi oshdi. Bunday korxonalar dastlab Italiyaning Genuya, Venesiya va Florentsiya kabi yirik savdo shaharlarida vujudga keldi. O’sha davrda niderland olimlari Avraam Orteliy (1527— 1598) va G. Merkator Xaritagrafiya rivojlanishiga katta hissa qo’shganlar. Ilm-fan va texnika rivojlanishi bilan xaritalarga, ularning mazmuni va aniqlik darajasiga bo’lgan talablar ham ortib bordi. 18-asrda Frantsiya Fanlar Akademiyasi olimlari gradusni aniq o’lchab, yerning shakli va kattaligini hamda g meridian va parallel yoylarining uzunligini aniq hisoblab chiqdilar. Yoylarning uzunligi golland olimi V. Snellius kashf qilgan triangulyatsiya usulida aniqlandi. Natijada yerning shar shaklida emas, balki aylanma ellipsoidga yaqin shaklda ekanligi ma’lum bo’ldi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida davr talabi topografik xaritalarda relefning aniq tasvirlanishini taqozo etdi. Natijada plan olish ishlari kipregel yordamida bajarilib, relef esa gorizontallar yordamida tasvirlanadigan bo’ldi. 19-asrning 1-yarmida fanning ko’pgina sohalarida ilmiy va amaliy ma’lumotlar to’plandi. Ularni sistemaga olish va atroflicha o’rganish zarurati tug’ildi. Maxsus iqlim, tuproq, geologik, iqtisodiy va boshqa xaritalar tuzila boshlandi. 20-asr boshlariga kelib, yirik masshtabli xaritalar aerofotos’yomka materiallari asosida yaratiladigan bo’ldi. So’nggi yillarda geografik xaritalarni tuzishda kosmosdan turib olingan suratlar keng qo’llanadi. O’zbekistonda Xaritagrafiya 20-asr boshlaridan rivojlandi. 1934 yilda O’rta Osiyo va Qozog’istonda yagona bo’lgan Toshkent Xaritagrafiya fabrikasi tashkil etildi. Davlat muassasalari va jamoat tashkilotlarini mavzuli, siyosiy-ma’muriy, ma’lumotnoma va o’quv xaritalari va atlaslari bilan ta’minlash vazifasi ushbu fabrika zimmasiga yuklandi. Hozirgi kunda O’zbekistonning barcha xududlari uchun topografik, obzortopografik va obzor xaritalar mavjud. Ular turli mavzudagi xarita va atlaslarni tuzishda asos bo’lib xizmat qiladi. Xo’jalik, ta’lim va mamlakat mudofaasining xaritalarga bo’lgan ehtiyojini to’la qondirish maqsadida mavzuli va kompleks xarita olishning turli yo’nalishlari rivojlandi, sistemali yondoshgan holda kompleks xarita olish kontsepsiyasi shakllandi. Shu maqsadda aerokosmofotos’yomka materiallaridan unumli foydalanish yo’lga qo’yildi va yangi xaritagrafik asarlar yaratishda turli soha mutaxassislarining hamkorligida katta ilmiyuslubiy ahamiyatga molik tajriba to’plandi. 1997 yil 25 aprelda «Geodeziya va kartografiya to’g’risida» O’zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi va amalga kiritildi. Ad.: Berlyant A. M., Kartografiya, M., 2002; Egamberdiev A., O’zbekistonda kartografiyaning shakllanishi, hozirgi holati, muammolari va istiqbollari, T., 2001. Asomberdi Egamberdiyev.