XEKLAR
XEKLAR, merluzalar (Merlucciidae) — treskasimon balikdar oilasi. Gavdasining uzunligi 1,3 metrgacha (odatda, 40 santimetrga yaqin), vazni 10 kilogrammgacha. Orqa suzgichi 2 ta. 4 urug’i, 15 turi bor. Atlantika va Tinch okeanning iliq va subtropik suvlarida yashaydi. Kumushrang Xeklar, asosan, Shimoliy Amerika sohillari yakinida keng tarqalgan. Uzunligi 70 santimetrgacha; 3-4 yilda voyaga yetadi. May— oktabrda 40-150 metr chuqurlikda 400 minggacha uvildiriq tashlaydi. Hayotining dastlabki yillarida mayda qisqichbaqasimonlar, voyaga yetgandan so’ng yirik umurtqasizlar (kalmar, krevetka) va boshqa baliqlar bilan oziqlanadi. Xeklarning 1 turi qora dengizda uchraydi. Barcha Xeklar yirtqich. Ovlanadi.
O‘xshash so‘zlar
- XEKMAN (HECKMAN) JEYMS
- XELATLAR
- Xeliseralilar
- Xelsinki
- XELSINKI UNIVERSITETI
- Xeminguey (Hemingway) Ernest Miller
- XEMNIS
- XEMO…






