Xench (Hench) Filip Shouolter

Xench (Hench) Filip Shouolter (1896.28.2, Pitsburg 1965.30.3, Ochorios, Yamayka) — amerikalik revmatolog. Pitsburg universiteti tibbiyot maktabini tugatgan (1920). Meyo klinikasi xodimi (1921), tibbiyot bo’limi konsultanti va revmatik kasalliklar sektsiyasi rahbari (1926 yildan). 1928 yildan Minnesot (rochester) universitetida, professor (1947 yildan). Revmatik kasalliklar klinikasida endokrin omillarni tadqiq etgan va ularni davolashda buyrak usti bezi po’stlog’i gormonini birinchi bo’lib qo’llagan. Nobel mukofoti laureati (1950; E.Kendall va T.Reyxshteyn bilan hamkorlikda).