XO’JA MAG’IZ MAQBARASI

XO’JA MAG’IZ MAQBARASI – Marg’ilondagi me’moriy yodgorlik (18- asr 1-yarmi). Maqbara to’g’ri to’rtburchak tarhli (6,4×7,4 metr), bir xonali, gumbaz tomli (diametri 4,4 metr) qilib pishiq g’ishtdan qurilgan. Gumbaz osti qirrador bo’lib, g’o’lasimon asosga o’rnatilgan. Xonaning ichki tomoni sakkiz burchakli, tokchasi ravoqli. Sag’ana quyma ganch taxtalaridan tashkil topgan, bo’rtma islimiy naqshlar ishlangan.