XO’JABAQIRG’ON
XO’JABAQIRG’ON — Farg’ona vodiysidagi daryo. Turkiston tizmasining shimoliy yon bag’ridan boshlanadi. Uzunligi 117 kilometr. Havzasining umumiy maydoni 2150 kilometr kvadrat. O’rtacha yillik suv sarfi 10,3 metr kub/sekund. Muzlik va qor suvlaridan to’yinadi. Asosiy irmoqlari — Laylak va Qozbola. Ko’p qismi Qirg’iziston hududidan oqadi, suvi sug’orishga sarflanib, Tojikistonning Xo’jand shahri yaqinida tugaydi.
O‘xshash so‘zlar
- XO’JAG’OR
- XO’JAHAYRON GAZ KONDENSAT KONI
- Xo’jaikon tuz koni
- XO’JALIK
- Xo’jalik nizolari
- XO’JAMAZGIL MAKONI
- Xo’jamqulibek Balxiy
- Xo’jand


