Xonazarov Qo’chqor Xonazarovich

Xonazarov Qo’chqor Xonazarovich (1922.27.1, Toshkent) — faylasuf olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1982), falsafa fanlari doktori (1963), professor (1967). 2-jahon urushi qatnashchisi (1942-44). Moskva xalqaro munosabatlar institutini tugatgan (1950), KPSS MK huzuridagi marksizmleninizm instituti (1953-59; 1971 — 1980), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq instituti (1959-63)da katta ilmiy xodim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi falsafa kafedrasi mudiri (1964), til va adabiyot instituti direktori (1964-71), falsafa va huquq instituti direktori (1980-86), bo’lim mudiri (1995-98). O’zbek sovet entsiklopediyasi bosh muxarriri (1986-88). Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kafedra mudiri (1993-95; 1998-2003). Ilmiy faoliyati milliy va jahon tillari munosabatlari, milliy munosabatlar, ma’naviyat, mafkura, madaniyat masalalariga bag’ishlangan. «Mehnat shuhrati» ordeni (2002), «Shuhrat» medali (1995) bilan mukofotlangan. As: Mustakillik va yoshlarni baynalmilal ruhda tarbiyalash, T., 1997; Internasionalnoe vospitanie molodyoji v usloviyax nezavisimosti, T., 1998; Mustaqillik va O’zbekistonda milliy munosabatlar, T., 2001; Razvitie nasionalnix otnosheniy v Uzbekistane, T., 2001.