Xongul, Buxoro bug’usi

Xongul, Buxoro bug’usi (Cervus elaphus bactrianus) — bug’ular oilasi juft tuyoqlilar turkumiga mansub sut emizuvchi hayvon. Tanasi 78-86 santimetr, bo’yi (yag’rinidan) 56-60 santimetr, ogirligi 75— 100 kilogrann. To’q kulrang, elkasida qoramtir yo’llari bor. Shoxlari butoqli. Ilgari Amudaryo, Sirdaryo va Orol dengizi sohillaridagi qamishzor va to’qaylarda tarqalgan edi. Hozirgi faqat Amudaryo vohasidagi qo’riqxonalarda yashaydi. Suvda yaxshi suzadi. O’simliklar bilan oziqlanadi. Urchish davrida urg’ochi va erkaklari birga poda bo’lib yuradi. Sentabr—oktabrda juftlashadi. Aprel—mayda bolalaydi. 2-3 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Ovlash taqiqlangan. Xongul soni kamayib ketganligi sababli tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro Ittifoqi qizil ro’yxatiga va O’zbekiston Respublikasi qizil kitobiga kiritilgan.