Xongxa, Songkoy

Xongxa, Songkoy (xitoycha yuanszyan), qizil daryo — Xitoy va Vetnamdagi daryo. Uzunligi 1183 kilometr, havzasining maydoni 158 ming km2. Yunnan tog’ligidan boshlanib, asosan, tog’lardan oqadi. Quyi oqimida Bakbo tekisligidan okib, Bakbo (Tonkiy) qo’ltig’iga Delta hosil qilib quyiladi. O’rtacha suv sarfi 3800 m3/ sek. Suv rejimi mussonli, yozda toshadi. Toshqinlarning oldini olish maqsadida qirg’oqlari dambalar bilan to’silgan. Suvidan sug’orishda keng foydalaniladi. Yozda dengiz kemalari Xanoy shahrigacha (quyilish yeridan 175 kilometr) bora oladi. Daryo suvida juda ko’p qizil rangdagi oqiziqlar oqib keladi (Daryo nomi shundan). Xongxa bo’yida Xekou, Laokay, Yenbay, Xanoy va boshqa shaharlar, deltasida Xayfon dengiz porti joylashgan.