XUSUSIYLASHTIRISH

XUSUSIYLASHTIRISH — davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy sub‘yektlarga o’tishi jarayoni, xilma-xil mulkchilikni shakllantirish, iqtisodiyotni davlatlashtirishdan qaytish yo’llaridan biri. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish Xususiylashtirishdan tashqari shu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarini vujudga keltirishni ham nazarda tutadi.