YADROSIZ ZONA

YADROSIZ ZONA — xalqaro huquqda yadro qurolini qanday shaklda bo’lishidan qati nazar, joylashtirish man qilingan demilitarizatsiya zonasi. Yadrosiz zona qurol yarog’larni cheklash, yadroviy nizo chiqishi xavfini kamaytirish, mazkur zonaga kiradigan mamlakatlar xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qilib, Yadro qurolini tarqatmaslik to’g’risidagi shartnomani hayotga tatbiq qilish omili hisoblanadi. Yadrosiz zona qurol-yarog’larni cheklash, yadroviy nizo chiqishi xavfini kamaytirish, mazkur zonaga kiradigan mamlakatlar xavfsizligini mustahkamlash va 1968-yilda imzolangan yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi shartnomaning hayotga tatbiq etilishiga ko’maklashish vositasidir. Xalqaro shartnoma asosida yadro qurolini sinash, ishlab chiqarish va joylashtirish taqiqlangan, shuningdek, uning hududida va unga qarshi yadro qurolini qo’llash taqiqlangan zona – yadrosiz zona hisoblanadi. Bugungi kunda yadrosiz zonalar butun yer sharining 70 foizini tashkil etadi. Dunyoning ko’pgina davlatlari yadrosiz zonalar haqidagi 6 ta shartnomani qo’llab-quvvatlamoqdalar. Dunyoning 110 dan ortiq mamlakati, ya‘ni jahon hamjamiyatining yarmidan ko’pi yadro qurolidan butunlay voz kechish tarafdoridir. Hozirgi paytda Antarktidada, Lotin Amerikasi, Tinch okeanning janubiy qismi va Afrikada Yadrosiz zonalar mavjud. Shuningdek, Shimoliy Yevropa, Markaziy va Janubiy Osiyo, Yaqin Sharqda Yadrosiz zonalar barpo etish g’oyalari bor. 1993-yil O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida so’zlagan nutqida Markaziy Osiyoni Yadrosiz zona deb e‘lon qilish tashabbusini ilgari surdi. I.Karimovning YXHTning Lissabon uchrashuvida so’zlagan nutqida (1996-yil ) bu fikr yana bir bor o’rtaga tashlandi. 1997-yil 14 – 16-sentabrda Toshkentda ―Markaziy Osiyo — yadro qurolidan xoli zona mavzusida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. Unda 56 mamlakatdan va 16 xalqaro tashkilotdan vakillar ishtirok etdi. I.Karimovning yadroviy xavfsizlikni ta‘minlash choralari haqidagi fikrlarini anjuman qatnashchilari qoniqish bilan kutib oldilar. Markaziy Osiyoda Yadrosiz zona barpo etish haqidagi O’zbekiston tashabbusi BMT va jahon jamoatchiligi tomonidan to’la qo’llab quvvatlanmoqda. Bu taklif BMT Bosh Assambleyasining sessiyalarida muhokama etilib, maxsus rezolyusiya qabul qilingan. Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi hudud barpo etish faqat mintaqadagina emas, balki jahonda ham tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.