YASHIL KARTA

YASHIL KARTA – avtotransport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash to’g’risidagi xalqaro shartnomalar tizimi. Mazkur sug’urta turi bo’yicha shartnoma tuzilganlik faktini tasdiqlovchi polis. 1949-yilda Yevropaning 13 ta davlati o’rtasida yashil karta to’g’risida shartnoma tuzilgan. Hozirgi paytda yashil kartaga a’zo mamlakatlar 30 dan ziyodni tashkil etadi. Yashil kartaga a’zo bo’lgan mamlakatlarda tegishli milliy byurolar tashkil etilgan va u mazkur davlat hududida yashil karta bilan bog’liq ishlarni muvofiqlashtirib turadi.