Yazidlar

Yazidlar-zardushtiylikka yaqin diniy sekta izdoshlari. Yazidlar diniy ta’limotida xristianlik, iudaizm va islom dinlarining elementlari bor. Yazidlar cho’qintirish va xatna marosimlarini o’tkazishadi. Yagona xudo Yazdanni tan olishadi. Yazidlar xristianlar va ayniqsa musulmonlar tomonidan qattiq ta’qib etilgan. Shuning uchun ular Bibliya bilan Qur’onni muqaddas kitob deb tan olishga majbur bo’lganlar. Turkiya, Eron, Iroq, Armaniston va Gruziyada yashaydigan kurtlarning bir qismi yazidlar ta’limotining izdoshlaridir.