Yelisey saroyi qanaqa o’zi?

Parijning asosiy magistrallaridan birida — Yelisey bo’stonlarida — bog’istonlar ardoqlab turgan Yelisey saroyi joylashgan. Bu go’zal imorat me’morlar Mole va Lassyuranslar tomonidan 1718 yilda graf D’Evre Tuluzalik Moliyachi Antuan Krozning qiziga uylanishi munosabati bilan inshoot etilgan edi. Shundan keyin saroy qirol Lyudovik XV ning dong’i ketgan xos mahbubasi Madam Pompadurning qarorgohiga aylandi. Madam Pompadur rixlatidan keyin Yelisey saroyi uning akasi markiz mariniga o’tadi. Keyinchalik uni xorijiy davlatlarning Fransiyadagi elchilari band etishadi. 1773 yilda moliyachi Nikole Bojon unga ko’chib o’tadi. Buyuk fransuz inqilobidan keyin saroyni gertsoginya Burbonskaya band etadi. Birinchi imperiya davrida unda Napoleon I ning singillaridan biri, marshal Myuratga turmushga chiqqan Karolina Myurat yashagan. 1848 yildan esa Yeliseyni Prezident saroyi deb atay boshladilar. Bo’lg’usi Napoleon III 1851 yilgi davlat to’ntarishini shu yerda pishitgan. 1867 yildagi umumjahon ko’rgazmasi paytida Yelisey saroyi shu munosabat bilan Parijga tashrif buyurgan xorijiy davlatlar boshliqlarini qabul qilgay edi. Nihoyat, 1873 yildan e’tiboran Yelisey saroyi — Frantsiya Respublikasi Prezidentining rasmiy qarorgohi.