Toj mahal nima?

Toj mahal (1632-1654) ning Agradagi maqbarasi va to’rt minorasi Hindiston me’morlarining injusiga aylandi. Maqbara va minoralar Islom me’morchiligi an’analariga asosan bunyod etilgan. Toj mahal Shoh Jahon tomonidan zavjai muhtaramasi mumtoz Mahalga yodgorlik sifatida inshoot etilgan edi. Imorat tamomila mashriqzamin mavzulari, ya’ni naqshlar va Qur’oni Karim oyatlari tushirilgan marmar bilan qoplangan. Imoratning mahobatli o’lchamlari naqshlarning nafisligi bilan uyg’unlikda favqulodda boqiy va ulug’vor timsolni yaratadi.