Yerto’la
Yerto’la-yerni o’yib qurilgan turar joy. Yerto’l to’rtburchak, aylana shaklida, ba’zilari esa yerdan bir oz yuqori ko’tarilib, tomi yog’och bilan, uning usti esa shox, xashak va tuproq tashlab berkitilgan bo’ladi. O’rta Osiyoda yerto’la qadimgi davrlarda turar joy sifatida foydalanilgan. O’zbekistonda Zamonbobo va boshqa shunga o’xshash odamlar yashagan qarorgohlar, yerto’lalar topilib, arxeolog-olimlar tomonidan chuqur o’rganilgan. Hozirgi kunda yerto’lalardan har xil mahsulotlar saqlanadigan omborlaar sifatida foydalanilmoqda.