YEVROPA HAMJAMIYATLARI

YEVROPA HAMJAMIYATLARI — G’arbiy Yevropa mamlakatlarining davlatlararo birlashmasi; G’arbiy Yevropa mintaqaviy tashkilotlari (Yevropa iqtisodiy hamjamiyati, Yevropa ko’mir va po’lat birlashmasi hamda Atom energiyasi bo’yicha Yevropa hamkorligi)ning umumiy nomi. 1957-yilda Rimda imzolangan maxsus konvensiyaga asosan Yevropa hamjamiyatining yagona Yevropa parlamenti assambleyasi (1962-yildan Yevropa parlamenti) ta‘sis etildi. 1967-yildan Yevropa hamjamiyatining Vazirlar Kengashi Strasburgda va Komissiyalari Bryusselda joylashgan.