Yog’och

Yog’och-qadimgi o’lchov birligi; katta masofalardagi yo’l uzunligini o’lchash qo’llanilgan. Ba’zi adabiyotlarda farsang, sang, tosh tarzida ham uchrab turadi (farsang Yog’och bilan, sang esa tosh bilan bir xil bo’lib, Yog’ochning 2/3 qismiga teng). Ma’lumotlarga ko’ra, 12 ming qadam 1 Yog’och deb qabul qilingan. Agar bir qadam 0,75 metr bo’lsa, u holda 1 Yog’och 9 kilometrga teng bo’ladi (1 Yog’och=12000 qadam=9 kilometr).