YOG’OCHOT
YOG’OCHOT — qadimgi o’zbek tsirki tomoshalaridan. Masxarabozning ot va chavandoz harakatlariga parodiyasi. Yog’ochdan otning tanasi va bosh qismi yasalib, ustidan o’yinchi sig’adigan joy qoldirilib, yaltiroq mato bilan qoplangan. Unga dum yasalib, yugan solingan, qo’ng’iroqchalar osilgan. Yasama soqolli, yuziga un surtgan o’yinchi «ot»ni beliga bog’lab olgan holda yuganni tortib, qamchin urib ot va chavandoz harakatlariga takugad qilib o’ynaydi. O’yinchining oyoqlarini sollanib turgan mato yashirgan, «ot» ustiga esa soxta oyoklar qo’yilgan. O’yinchi chinakam ot ustida o’tirganday, barcha harakatlarni ot bajarayotganday qilib ko’rsatadi. Kulgili — parodiya turidagi Yog’ochot hozir ham an’anaviy tsirk tomoshalarida, sayillarda, milliy bayramlarda namoyish etiladi. Po’lat Toshkanboyev.