YO’LLAR

YO’LLAR — transport vositalari va piyodalar harakatlanishi uchun mo’ljallangan yer sirtidagi maxsus tayyorlangan qismlar; yo’lovchilar va yuklarni tashiydigan yuk ko’tarish-tashish inshootlari (masalan, Kanat yo’l). Relssiz va relsli xillari bor. Relssiz Yo’llarga mamlakatning yo’l tarmog’ini tashkil etuvchi avtomobil yo’li, velosiped yo’li va boshqalar kiradi. Relsli Yo’llarga yer polotnosiga yotqizilgan relsli yo’llar, tayanchlarga mahkamlangan relsbalkali osma Yo’llar kiradi. Yo’llar sanoat va qishloq xo’jalik korxonalarida, omborlarda aholi yashaydigan joylar, ma’muriy iqtisodiy va sanoat markazlari o’rtasida transport aloqalarini ta’minlaydi.