YO’LLUG’TEGIN

YO’LLUG’TEGIN (7-asr oxiri – 739) — Turk xoqonligi xoqoni (734-739), ilk turkiy tarixchi, yozuvchi va shoirlardan biri. Bilga xoqonning vafotidan so’ng o’zini Ijan xoqon deb atagan. Tan imperiyasiga (Xitoy) 3 marta elchilar yuborgan. Uning davrida davlatda barqarorlik va tinchlik xukm surgan. Kultegin (732), Bilga xoqon bitiklari (735) ning muallifi bo’lgan. Ushbu bitiklar jahon adabiyotchilari tomonidan yuksak baholangan, yozuvlarda o’sha davr tarixiy voqealari haqqoniy yoritilgan. Ad.: Gumilev L. N., Drevnie tyurki, M., 1967; qadimiy hikmatlar, T., 1987.