Yom, jom

Yom, jom (mo’g’ulcha yo’l)-choparlar, yo’lovchilar qo’nadigan va ot almashtiradigan joy, bekat. Yomda doim otlar shay turib, bir qancha kishi xizmat qilgan. XIII asrda tashkil etilgan. Yom xizmatchisi yomchi deb atalgan (ruscha yamshik shundan olingan).