Yom (jom)

Yom (jom)-choparlar, yo’lovchilar ot almashtirdigan joy, bekatning qadimgi nomi. Yomda doimo otlar tayyor turgan. Yomda yo’lovchilarga, choparlarga doimiy xizmat ko’rsatish uchun bir necha kishi xizmat qilgan. Dastlab yom XIII asrda paydo bo’lgan. Chingizxonning kichik o’g’li O’qtoy qoon yom qurishga katta ahamiyat bergan. Taxminan har 5 farsahda yom qurilgan. Mo’g’ullar o’zlari bosib olgan hududlarda, xususan, O’rta Osiyoda ham ko’plab yomlar qurganlar. Yom xizmatchisi chopar yoki yomchi deb atalgan. Yom, jom kabi joy nomlari yom o’rnida vujudga kelgan toponimlardir.