YONDIRUVCHI VOSITALAR
YONDIRUVCHI VOSITALAR dush Manning harbiy sanoat ob’yektlari, inshootlari, jangovar texnikasi, jonli kuchlarini yondirish orqali shikastlaydigan qurolaslaha va moddalar. Yondiruvchi vositalar juda yuqori issiqlik hosil qiladi va mo’ljaldagi ob’yektlarni yondirib yuboradi. Harbiy ishda Yondiruvchi vositalar (porox, turli moylar) dan foydalanish qadim zamonlardan ma’lum. 1-jahon urushida, ayniqsa 2-jahon urushida keng qo’llanilgan. Yondiruvchi vositalar yondiruvchi bombalar, yondiruvchi snaryadlar, yondiruvchi o’q, yondiruvchi bak, yondiruvchi moddalardan iborat (aviatsiya, artilleriya va boshqa texnika yordamida ishlatiladi). Bombalar dushmanning o’t olishi qiyin bo’lgan omborlari, jangovar texnikasi, sanoat ob’yektlarini yondirishda ishlatiladi. Bunday bombalar termitli (78-72% temir oksidi bilan 22-28% alyuminiy kukuni aralashmasi) yoki napalmli (quyultirilgan neft mahsulotlari) bo’ladi. Portlaganda 1000° dan 2500° gacha issiqlik hosil qiladi. Yondiruvchi snaryadlar termit bilan to’ldirilgan artilleriya snaryadlari va minalaridir. Bunday snaryadlar portlaganda 3000° issiqlik ajraladi. O’q oson alangalanadigan narsalar va moddalar (benzin, yog’och inshootlar, pichansomon g’aramlarini) yondirishda qo’llaniladi. Nishonga tekkanda o’t oladigan yondiruvchi modda o’q uchiga joylangan bo’ladi. Dushmanning inshootlari, o’qdori va yonilg’i omborlari, qo’shini, temir yo’l tarkiblarini yo’q qilishda yonuvchi suyuqliklar (benzin, kerosin, neft, toshko’mir smolasi) aralashmasi aviatsiya yordamida maxsus yondiruvchi baklardan purkaladi. Yondiruvchi vositalar sifatida oq fosfor bilan uglerod sulfid aralashmasi (20:1 nisbatda) ham ishlatiladi. Bunday aralashma bilan to’ldirilgan snaryad va minalar portlaganda katta maydonlarga sochilib ketadi, inshoot, texnika va odamlarga shikast yetkazadi. Hozirgi zamon armiyalari ixtiyorida Yondiruvchi vositalarning turli-tuman xillari bor.