YOPIQ URUG’LILAR

YOPIQ URUG’LILAR (Angiospermae) gulli o’simliklar — yuksak o’simliklar bo’limi (tipi). Urugchisining bo’lishi, qo’sh urug’lanishi Yopiq urug’lilarning o’ziga xos belgisidir. Urug’chisi gulning markazida joylashib, tuguncha, ustuncha va tumshuqchadan iborat. Urug’chi tugunchasidagi kovakda urug’ kurtak rivojlanadi. Urug’langan tuguncha mevaga aylanib, uning ichidagi urug’ kurtakdan bitta yoki bir nechta urug’ hosil bo’ladi (nomi ham shundan kelib chiqqan). 200 mingga yaqin turi bo’lib, 300 oilaga mansub 10 mingdan ortiq turkumi bor. Tasnifi 16 asrdan boshlangan bo’lsa ham fan tomonidan qabul qilingan tizimi hali ishlab chiqilgan emas. O’nlab tizimi taklif qilingan, shulardan ikkitasi — ikki pallalilar va bir pallalilar sinfi ko’proq qabul qilingan. Odamlar uchun foydali ko’pgina o’simliklar, jumladan oziq-ovqat o’simliklari (zig’ir, g’o’za, bug’doy va boshqalar), yem-xashak o’simliklari (suli, beda va boshqalar), xushbo’y, dorivor, mevali va kauchukli o’simliklar Yopiq urug’lilarga kiradi. Ba’zi turlaridan qurilish materiallari olinadi.