YORLAQAB BAXSHI BEKNAZAR O’G’LI
YORLAQAB BAXSHI BEKNAZAR O’G’LI— (1888 — Zomin tumani — 1971) — o’zbek dostonchisi. Dastlab Karapchi qishlog’ilik omon baxshiga, so’ngra So’loq qishlog’ilik Xudoynazar shoirga shogird tushib, mohir dostonchi sifatida tanilgan. 1917-32 yillarda Farg’ona vodiysining tuman va qishloqlarida, Qirg’izistonning O’sh viloyatida dostonchilik bilan shug’ullangan. 1932 yil Zominga qaytgan. 2-jahon urushi yillarida yaratgan termalarida o’zbek jangchilarining qahramonligini madh etgan. «Bekobod», «Farhod qurilishi» kabi termalarida ulkan qurilishlar, o’zbek xalqining ulug’ yaratuvchilik mehnatini aks ettirgan. «Go’ro’g’lining tug’ilishi», «Intizor», «Hasanxon», «Murodxon», «Shirin bilan Shakar» kabi xalq dostonlarini mahorat bilan kuylagan. Yorlaqab baxshidan bir qancha an’anaviy va zamonaviy termalar, «Alpomish», «Malikai ayyor», «Choryor» dostonlari yozib olingan.