Yurtovul

Yurtovul-o’rta asrlarda ko’chmanchi o’zbek askarlari harbiy yurishga chiqishlarida bir oylik oziq-ovqat g’amlab olishlari shart bo’lgan. Askarlar harbiy yurish paytida oziq-ovqatni asosan atrofdagi shahar va qishloq aholisidan tortib olib g’amlagan. Oziq-ovqatni bunday usulda yig’ish yurtovul deb atalgan. Yurtovulga bevosita xonning buyrug’i bilan yaqin atrofdagi qishloqlarga sultonlar rahbarligida askarlar to’pi yuborilar va askarlar aholidan ovqat, chorva, kiyim-kechak va shu kabi narsalarni olishar edi. Shuningdek, qo’shinning oldida harakat qilib, joy va aholi yashaydigan joylarni ko’zdan kechirib boruvchi maxsus harbiy bo’linma ham yurtovul deb atalgan.