Tasavvur qiling, o’rmonda ketyapsiz va nogahon musiqa qulog’ingizga chalinadi, go’yo qandaydir musiqachi daraxt ustida o’tirib, nay chalmoqda. Musiqachi shu qadar kichkinaki, barglar orasidan ko’zingizga darrov tashlanmaydi. Yaqin atrofda turib, sehrli qo’shiqni tinglang, ammo uning ortidan, ayni shu daraxtdan qulog’ingizni batang qiladigan, xuddi mushukning dumini bosib olganda, u darg’azab bo’lib, qattiq miyovlaganday ovoz kelsa qo’rqmang va hayron qolib o’tirmang. Mushuk hozir bu afsungar qo’shiqchini yeb qo’yadi, deb ham cho’chimang, nega desangiz nay chalayotgan ham, mushukdek miyovlayotgan ovozni ham chiroyli va juda foydali bo’lgan o’rmon qushchasi — zarg’aldoq degan bitta jonivor taratmoqda. Shu bois ayrim odamlar zarg’aldoqni «o’rmon nayi», boshqalari esa «o’rmon mushugi» deb atashadi. Nima bo’lganda ham har ikki laqab uning o’ziga munosibdir.

Nimaga 1 soat 60 daqiqaga teng?

Nimaga yong‘in yuqoriga qarab tarqaladi?

Nimaga suv qaynaganda bug‘ hosil bo‘ladi?

Nimaga 1-yanvar Yangi yil bayrami?

Nimaga boks ringi kvadrat shaklda bo‘ladi?

Nimaga triatlon musobaqalarida turli sport turlari birlashtiriladi?

Nimaga Badminton to’pi yengilroq?

Abxala

“Abulmuslimnoma”
