Zemstvo soborlari

Zemstvo soborlari (ruscha)-Rossiyada XVI asr o’rtalari-XVII asr oxirlarida oliy toifaviy-vakillik muassasalari. Muqaddas sobor (arxiyepiskoplar, yepiskoplar va mitrolit boshchiligidagi boshqa ruhoniylar, 1859 yildan patriarx ham), boyarlar dumasi, “hukmdor saroyi” vakillari, provintsiya dvoryanlari va shaharning yuqori tabaqa kishilaridan tashkil topgan. Bunday organning oxirgisi Rech Pospolita bilan “adabiy tinchlik” masalasini yechish maqsadida 1683-1684 yillarda chaqirilgan. Birinchisi 1586 yili Livoniya urushini to’xtarish yoki davom ettirish bosh masala bo’lgan sobor edi.