Zemstvo

Zemstvo (ruscha)-Rossiyada mahalliy boshqaruv saylanma organlari (Zemstvo yig’inlari, Zemstvo idoralari). 1864 yilgi islohotga asosan tashkil etilgan. 1914 yili 43 guberniyada bo’lgan. Maorif, sog’liqni saqlash, yo’l qurilishi va hokazo ishlarni boshqarishgan. Ichki ishlar vazirligi va gubernatorlar tomonidan boshqarilgan. 1918 yilgi dekret bilan bekor qilingan.